
Ro‘ziqul Berdiev: "Yig‘inning birinchi bosqichini o‘tkazib bo‘ldik"
Xabaringiz bor, ayni damda Qarshining "Nasaf" jamoasi ayni damda yangi mavsumga tayyorgarlik olib bormoqda. "Ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev tayyorgarlik, jamoa mashg‘ulotlari haqida o‘z fikrlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ro‘ziqul aka, yangi mavsumga tayyorgarlik, jamoaning rejalari, o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari haqida fikrlariningiz bilan o‘rtoqlashsangiz?
Biz yig‘inning birinchi bosqichini o‘tkazdik. Bu 3-16 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng jamoa Toshkentda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Yig‘inning ikkinchi bosqichini 19-29 yanvar kunlari olib boramiz. Bu o‘zimizni uyimizda - Qarshida bo‘lib o‘tmoqda. Hozirda ko‘proq bollarni jismoniy holatini tiklash uchun mashqlar olib boryapmiz. Bundan keyingi rejamiz xorij yig‘inida ishtirok etamiz. 3-25 fevral kunlari Turkiyada yig‘in olib boramiz. Unda bir-qancha nazorat bahslari kelishib qo‘yganmiz. Bu bosqich biz uchun juda muhim.
Bu erda Rossiya, Ukraina, Evropa jamoalari bilan o‘ynaymiz. Shu orqali chempionatga tayyorgarlik ko‘ramiz. Hozir jamoamiz to‘liq tarkibda emas. Terma jamoaga ko‘plab futbolchilarimiz jalb qilingan. Shu sabab to‘liq tarkibda emasmiz.
Bundan tashqari, tarkibimizga yangi futbolchilar kelib qo‘shildi. Bundan tashqari, Birinchi liga, o‘rinbosarlar jamoasidan ham futbolchilar jalb qilganmiz. Mashg‘ulotlarni kuniga ikki mahal o‘tkazyapmiz", - dedi Berdiev.
Fikrlar