
Ro‘ziqul Berdiev: "Yigitlarni ayblab bo‘lmaydi"
“Nasaf” –“Olimpik” (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.
- Og‘ir o‘yin bo‘ldi, buni o‘zimiz ham kutgandik. Yigitlarimiz ham shunday bo‘lishini bilishardi. Raqib jamoa to‘pni nazorat qilishi, keskin o‘ynashi va tezkor harakat qilishini oldindan o‘rgangandik. Futbolchilarimizga aytgandik, himoyada ham, hujumda ham samaraliroq o‘ynashimiz kerak edi. Lekin bunday bo‘lmadi. Oxirgi paytlarda tarkibimizda rotatsiya qilishga imkoniyatimiz yo‘qligi ham ta’sir ko‘rsatyapti. Shuning uchun o‘yinlarni juda ham og‘ir o‘tkazyapmiz. Albatta, bugun hujum chizig‘idagi hujumchimizning ham yo‘qligi bilindi.
- Nimaga qatorasiga durang bo‘lyapti? “Neftchi”ni ham, AGMKni ham yutish mumkin edi. Bugun ham durang bo‘larmikin deb xavotir bilan o‘yinga kiryapmiz.
- Shuning uchun durang bo‘layotgandir-da (kuladi). Oson o‘yinlar o‘tkazmayapmiz, barchasi qiyin kechyapti. Farg‘onada ochko yo‘qotdik, ammo o‘sha o‘yindan oldin holatimiz bundan ham yaxshi emasdi. Bugungi o‘yinda jamoaga ustunlik qilish uchun kuch ham topa olmayapmiz. Yigitlarni umuman ayblab bo‘lmaydi. Xohish va istak bor, ammo kuch topilmayapti. Bu albatta qiyinchilik tug‘dirdi.
- Hakamlik haqida nima deysiz? O‘sha vaziyatda gol bormidi?
- Hakamlarni vaziyatlarini baholashda e’tibor qilganim yo‘q. Agar gol bo‘lganida aytishardi.
Fikrlar