
RPL. Bugun Oston O‘runov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Rossiya chempionati 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Unda legionerimiz Oston O‘runov harakat qiladigan "Spartak" o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
22:00 da boshlanadigan "Axmat" - "Spartak" uchrashuvi "Match TV" telekanali orqali jonli namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiya premer-ligasi yangi mavsumi boshlangan. Ilk bahsda "Ximki" o‘z maydonida amaldagi chempion "Zenit" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Fikrlar