RPL. Denisovning jamoasi "Spartak"ka mag‘lub bo‘ldi
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan "Krilya Sovetov" o‘z maydonida "Spartak"ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Denisov to‘liq 90 daqiqa maydonda faol harakatlandi va 38-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirish oldi.
Shu tariqa, samaraliklar hisobidagi ochkolar soni 28 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar