
RPL. Fayzullaevning goli TsSKAni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Rossiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Rostov" - TsSKA uchrashuvi jangovar 3:3 hisobi bilan tugadi.
Dastlab, Mironov mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Golenkov dubl qilgan bo‘lsa, Kelven va Chalov hisobni qisqartirdi. 70-daqiqada Fayzullaev Pesyakov darvozasini ishg‘ol qilib, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi va TsSKA turnir jadvalida 9, "Rostov" esa 11-o‘rindan joy oldi.
Fikrlar