RPL. "Rubin" ikkinchi turda ham durang qayd etdi. Rahmonaliev 84 daqiqa o‘ynadi, Ashurmatov esa...

  • 30 iyul, 2023, 19:16
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya Premer-ligasida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Qozonning "Rubin" klubi navbatdagi uchrashuvda "Orenburg" jamoasi bilan durangga imzo chekdi - 1:1. 

Rahmonaliev Qozon klubi safida bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 84-daqiqada boshqa o‘yinchi bilan almashtirildi. Ashurmatov esa zaxirada qoldirildi. 

Eslatib o‘tamiz, "Rubin" 1-turda "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobida durang qayd etgandi. Ayni paytda klub hisobida 2 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!