RPL. "Rubin" muhim uchrashuvda durang o‘ynadi. Ashurmatov esa so‘nggi daqiqalarda maydonga tushdi

  • 5 aprel, 17:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiya Premer-ligasining 23-turidan o‘rin olgan bahsda "Rubin" "Krylya Sovetov" bilan bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 
 
Uchrashuvning 16-daqiqasida Ivan Sergeev hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yinning 88-daqiqasida Valentin Vada hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 
 
Milliy terma jamoamiz himoyachisi hisoblangan Rustam Ashurmatov esa 90-daqiqada o‘yinga qo‘shildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Rubin" navbatdagi uchrashuvini 12 aprel kuni soat 19:00 da "Lokomotiv"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!