
RPL. "Torpedo" o‘z maydonida "Spartak"ka yutqazdi, Hojimat Erkinov qaytdi
Rossiya Premer-ligasi 23-turidan o‘rin olgan "Torpedo" - "Spartak" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Hojimat Erkinov nihoyat jarohatidan tuzalib, maydonga qaytdi. U bellashuvning 85-daqiqasida o‘yinga qo‘shildi.
Ayni vaqtda "Torpedo" 13 ochko bilan RPL turnir jadvalida so‘nggi pog‘onani band etib turibdi. 45 ochkoga ega "Spartak" 3-o‘rinni band etgan.
Fikrlar