RPL. Yo‘ldoshev jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi (foto)
Sergey Yuran "Nijniy Novgorod" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Sergey Nikolaevichning so‘nggi ish joyi "Ximki" bo‘lib, u erdan mutaxassis 2022 yil avgust oyida ketgan. Sergey Yuran boshchiligida "Ximki" Rossiya kubogi (2019/2020) finaliga chiqdi. Shuningdek, u klubni Premer-ligaga olib chiqdi (2020).
Sergey murabbiylik faoliyatida Stavropolning “Dinamo” klubini birinchi ligaga olib chiqdi (2004). Sergey Nikolaevich boshchiligidagi Yaroslavning "Shinnik" jamoasi birinchi divizion g‘olibiga aylandi va Premer-ligaga chiqdi (2007).

Fikrlar