Ruben Amorim: "Men o‘z o‘rnimni bilaman"

  • 4 avgust, 02:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klub egasi Jim Retkliff bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Biz telefonda gaplashamiz, u menga xabarlar yozadi, giflar yuboradi, men hazil qila olaman. Jim bilan ishlash oson. Agar sen o‘z ishingni bilsang va har qanday qaroringni tushuntira olsang, hammasi joyida bo‘ladi.

Men uning klub egasi ekanini bilaman, o‘z o‘rnimni ham bilaman. Lekin aytadigan gapim bo‘lsa, buni ochiq aytaman. Menimcha, u bunday ochiqlikni juda xush ko‘radi", — dedi Amorim BBC nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumning 1-turida "qizil iblislar" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 17 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!