Ruben Amorim o‘zining sevimli sxemasidan voz kechishi mumkin

  • 26.12.2025 16:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘zining sevimli 3-4-3 sxemasidan voz kechishi mumkinligini tan oldi.

"Biz ushbu futbolchilardan yanada ko‘proq sifat chiqarib olish uchun boshqa sxema bo‘yicha ham o‘ynashimiz mumkin. Agar ideal 3-4-3da o‘ynashni istasak, bunga juda ko‘p pul va vaqt sarflash kerak bo‘ladi. Men asta-sekin shuni anglayapmanki, bu amalga oshmaydi. Shu sababli, ehtimol, menga moslashishga to‘g‘ri keladi", — dedi Amorim "Sky Sports" nashriga.

Ruben Amorim, Manager of Manchester United, reacts during the Premier League match between Manchester City and Manchester United at Etihad Stadium on...

Ayni paytda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Bugun esa jamoa "Nyukasl" bilan kuch sinashadi. Bo‘lajak to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 01:00’da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!