“Rubin” bosh murabbiyi Ashurmatovni nega erta alishtirib yuborganini aytdi

  • 22 sentabr, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining to‘qqizinchi turida “Rubin” futbolchilari o‘z maydonida Moskvaning TsSKA jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Tecno

Mezbonlar bosh murabbiyi Rashid Rahimov o‘zbekistonlik legioner Rustam Ashurmatovni 58-daqiqada zaxiraga oldi.

O‘yindan keyin jurnalistlar bosh murabbiydan nega o‘zbekistonlik markaziy himoyachini ketma-ket ikkita uchrashuvda zaxiraga olayotgani haqida so‘rashdi.

Murabbiy quyidagicha javob qaytardi.

- Rustam Ashurmatov  har doim ham muvaffaqiyatli o‘ynay olmayapti. Oddiy vaziyatlarda ko‘p xato qilyapti, harakatlanishda kech qolyapti.

Biz bu haqda gaplashyapmiz va har qanday holatda ham unga ishonch bildiramiz, o‘yinini tiklashga urinamiz, o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirishga harakat qilamiz. Biroq bu bahsda xatolari ko‘payib ketdi. Kamchiliklar ikkinchi bo‘limda ham davom etgani bois, uni alishtirishimizga to‘g‘ri keldi, - dedi Rashid Rahimov.

TsSKA sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullaev esa, uchrashuvda ancha faol o‘ynadi va jamoadoshi Rifat Jemaletdinovning goliga assistentlik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!