
Rudi Garsiya Frantsiya prezidentiga Tottining libosini sovg‘a qildi (foto)
"Marsel" klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya Frantsiya prezidenti Emmanuel Makronga o‘ziga hos sovg‘a berdi.
Aniqrog‘i, Garsiya kecha klub mashg‘ulotlariga tashrif buyurgan mamlakat boshlig‘iga futbol afsonasi Franchesko Tottining libosini taqdim etdi.
"Marsel" muxlisi va futbolning ashaddiy ishqibozi. Tashrifingizdan minnatdormiz janob prezident", - deb yozadi Garsiya o‘zining "Tvittrda"gi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Rudi Garsiya 2013-2016 yillarda aynan "Roma" klubini boshqargan.
Fikrlar