
Rudi Garsiya Ronalduni Pelega qiyosladi
"Al-Nassr" bosh murabbiyi Rudi Garsiya Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoniga kelishi haqida fikr bildirdi.
"Bu Pelening AQShga tashrifiga o‘xshaydi. Ronaldu mamlakatda futbol, sport va madaniyatning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘sha oladi. Bu biz, klubdagilar va Saudiyadagi barcha uchun ajoyib holat.
Krishtianu shunchaki futbolchi emas. U dunyoning eng yaxshilaridan biri",-dedi frantsiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "futbol qiroli" Pele ham 34 yoshida AQShning "Nyu-York Kosmos" jamoasi tarkibiga borib qo‘shilgan va 2 yil o‘ynagan.
Fikrlar