Runi: "2008 yildgi MYu hozirgi "Arsenal"ni yanchib tashlardi"
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi va sardori Ueyn Runi jamoasi hozirgi "Arsenal"ni mag‘lub etishiga ishonmoqda.
Kecha "Arsenal"ning Chempionlar ligasi doirasidagi "Inter"ga (3:1) qarshi o‘yini oldidan londonliklarning sobiq vingeri Teo Uolkott Runiga shunday savol bilan murojaat qildi.
"Siz, 2008 yildgi jamoa, "Arsenal"ning ushbu jamoasi bilan raqobatlasha olasizmi? Qo‘lingizdan keladi. Lekin taqqoslasak-chi? Darvoqe, bu men o‘ynagan jamoalar ichida eng yaxshisi bo‘lsa kerak. Xullas, bu tarkib o‘sha MYU tarkibiga qarshi", - dedi Teo Amazon Prime efirida.
- Biz ularni tor-mor qilgan bo‘lardik, - javob berdi Runi. Boshlovchi Gabbi Logan va Uolkott Ueynnig kulgisidan so‘ng, tabassum bilan qo‘shib qo‘ydi: Menimcha, ha, biz buni qilgan bo‘lardik.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha mavsumda "Yunayted" APLda o‘ninchi marta chempionlikni qo‘lga kiritgan va uchinchi marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan edi. O‘shanda jamoada Krishtianu Ronald, Runi, Rayan Giggs, Rio Ferdinand, Edvin van der Sar, Neman’ya Vidich, Pol Skoulz, Karlos Tevez va boshqa futbolchilar o‘ynagan.
Fikrlar