Runi Icakning o‘yinini tanqid qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi "Nyukasl"dan "Liverpul"ga o‘tgan Aleksander Icakning o‘yinini tanqid qildi.
"Men Icakni maydonga tushirmasdim. U "Nyukasl"dan ketganidan beri hech qachon tayyor ko‘rinmadi. U mashg‘ulot qilmadi, mavsum oldidan tayyorgarlik o‘tkazmadi. Bu juda muhim. Ehtimol, u uyda agentlari bilan telefonda soatlab gaplashib o‘tirgan", — dedi Runi.
Mutaxassisning fikricha, shunday sharoitda yaxshi formada bo‘lish qiyin. Shu bois, Icak hozir asosiy tarkibda o‘ynashga munosib emas.
"U o‘z o‘yini bilan Yugo Ekitike o‘rnida maydonga tushishga munosib emasligini ko‘rsatmoqda". — deb qo‘shimcha qildi Runi.



Fikrlar