Runi "Oltin to‘p" uchun kim favoritligini aytdi. Bu - Messi emas

  • 26 aprel, 2023, 14:39
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubining sobiq hujumchisi Ueyn Runi “Oltin to‘p” uchun eng favorit futbolchi nomini aytdi. U “Manchester Siti” markaziy hujumchisi Erling Xolandni alohida ta’kidladi.

"Erling hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisi. Agar "Oltin to‘p" haqida gapiradigan bo‘lsak, bu sovrinni aynan Xoland olishi kerak", - deya Runining so‘zlarini keltiradi "The Times"

Xoland ushbu mavsumda ajoyib natijalar ko‘rsatmoqda. Norvegiyalik hujumchi 42 uchrashuvda 48 ta gol urgan.

22 yoshli skandinaviyalik forvard o‘tgan yozda "Manchester Siti"ga o‘tgan edi. Erling "shaharliklar" bilan besh yillik mehnat shartnomasi tuzdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!