Rustam Ashurmatov: "Vaziyat o‘zgarmasa, boshqa klubga ijara asosida o‘tishimiz mumkin"

  • 25.03.2026 19:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series o‘rtoqlik turniri oldidan mashg‘ulot jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bugungi jarayonlarda himoyachi Rustam Ashurmatov jurnalistlarning savollariga javob berdi.

FIFA Series turnirida Gabon, Venesuela hamda Trinidad va Tobago terma jamoalari ishtirok etishadi. Mana shu nomlar sizlarga biroz yengillik berdimi?

— Yo‘q, bu bizga yengillik bermaydi. Sababi, bu jahon chempionatiga tayyorgarlik, qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynashimizga qat’iy nazar biz o‘z o‘yinimizni kuchaytirishga harakat qilamiz.

Hozirgi paytda dolzarb mavzuga aylangan Eron chempionati to‘xtatilishi masalasida savol bermoqchi edim. Eron futbol federatsiyasi tomonidan bir tomonlama shartnomani bekor qilish haqida yangiliklar bormi?

— Katta ehtimol bilan bir tomonlama shartnomani bekor qilish yuz bermaydi. Yaqin orada Eron ligasi qaytishi haqida mish-mishlar bor. Liga qaytalanmagan taqdirda, FIFAgа xat yuborilgan. Agarda musobaqa qaytmasa, boshqa klubga ijara asosida ketish huquqimiz bor.

Futbolchilarning 4-5 hafta futbol o‘ynamagani sport formaga ta’sir qiladimi?

— Albatta, ta’sir qiladi. Futbolchiga 10 ta mashg‘ulotdan ko‘ra, bitta o‘yin ko‘proq sport forma yig‘ishga foyda beradi. Biz professionalmiz, har bir mashg‘ulot va uchrashuvlarda maksimal darajamizni ko‘rsatib sport formamizni saqlashga harakat qilamiz.

Terma jamoamizning asosiy himoychilaridan biri Husniddin Aliqulov jiddiy jarohati tufayli JChni o‘tkazib yuboradi. Uning yo‘qligi terma jamoaning himoya chizig‘i uchun qanchalik katta yo‘qotish?

—Bu juda ham katta yo‘qotish, buni ta’siri bor. Husniddin himoyamiz liderlaridan biri, buni tan olib aytishimiz kerak. Aliqulovga sog‘lik tilaymiz. Tezroq sog‘ayib safimizga qaytishini tilab qolamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!