Rustam Qosimjonov – O‘zbekiston milliy terma jamoasining bosh murabbiyi!
Xalqaro grossmeyster, 2004 yilgi FIDE Jahon chempioni Rustam Qosimjonov O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Rustam Qosimjonov – o‘zbek shaxmatining faxrli vakili, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. U nafaqat dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri sifatida tanilgan, balki xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan.
Endi uning rahbarligida milliy jamoamiz oldida yangi vazifalar turibdi:
Xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash;
Yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
Jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.

Fikrlar