Rustam Turdimurodov: "Jamoaga va o‘zimga ishonch ortishi uchun kerakli gol edi"

  • 10 mart, 21:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” “Mavsum-2025”ni safarda “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘yin boshlaganidan va unda kuchlar teng kelganidan xabaringiz bor.

Tecno

“Burgutlar”ning bu yilgi chempionatda dastlabki goli muallifi Rustam Turdimurodov bo‘ldi.

Hujumchi birinchi uchrashuvdan keyin klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Rustamjon, chempionatning dastlabki o‘yini borasida nima deya olasiz?

- O‘yin kutganimizdek o‘tdi. 1-tur bo‘lgani uchun hammada hayajon bo‘ldi. Qolaversa, vodiy derbisi. Mavsumni yaxshi boshladik, deb o‘ylayman.

- “Andijon”ning 2025 yildagi ilk goli muallifi bo‘ldingiz va tarixdan joy oldingiz. Buni kutganmidingiz?

- To‘g‘risi, xayolimda faqat gol urish va g‘alaba qozonish edi. “Andijon”ning mavsumdagi ilk goli, tarixda qolish xayolimga ham kelmagan edi. Bor e’tiborim g‘alaba va unga hissamni qo‘shish edi.

- Golingizga qanday ta’rif berasiz?

- Xudoga shukr, mavsumni gol bilan boshladim. Bundan tashqari, jamoaga va o‘zimga ishonch ortishi uchun kerakli gol edi.

- G‘alaba uchun nima etishmadi?

- Bizda g‘alaba uchun deyarli barchasi bor edi. Hujumlarni yakunlashda biroz shoshdik, deb o‘ylayman.

- O‘yin durangga mos bo‘ldi, deb o‘ylaysizmi?

- Menimcha, jangovar durangga mos.

- Keyingi turda “Nasaf”ni qabul qilasizlar. Andijonda ochilish o‘yini. Nima kutyapsiz?

- Har doimgidek muxlislarimiz stadionni “yondirib” berishini va uyimizda 3 ochko olishimizni kutyapman.

- Bu yil 7-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Ronaldo 18 yoshida 7-raqamda o‘ynagan va mas’uliyatni his qilgan. O‘tgan mavsumdan-da ko‘proq mas’uliyatliroq bo‘lish uchun tanladim.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davlatbek Alibekov
11/03/2025 04:27
Rustam Turdimuroddan doimo g'alabali to'p urihclarini kutib qolajakmiz