
Rustam Xodjaev: "Andijon"ning o‘yinida murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi"
Ma’lumki, bugun “Andijon” Tojikistonda “Xo‘jand”ning yoshlar jamoasiga qarshi nazorat bahsida 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvni kuzatib borgan “Xo‘jand” bosh murabbiyi Rustam Xodjaev “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
"Biz bu uchrashuvda yosh futbolchilarni sinab ko‘rdik. Albatta, “Andijon” jamoasi kuchli edi. Umuman aytganda, yaxshi uchrashuv bo‘ldi.
“Andijon” futbolchilari bir-birini yaxshi tushunib o‘ynashdi. Jamoa o‘yinida murabbiyning imzo ko‘rinib turibdi. Bizda esa asosan yosh futbolchilar o‘ynashdi. Shu bois ehtimol, bunday natija kutilgandir".
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar