
Sabina Sharipova tennis malikalari ro‘yxatidan joy oldi
Xotin-qizlar tennis uyushmasi WTA o‘zining yangi reytingini e’lon qildi.
Yangi reytingda ruminiyalik Simona Xalep 6175 ochko bilan karvon boshilik qilmoqda. Ispaniyalik Garbin Mugurusa ikkinchi, daniyalik Karolin Voznyatski esa jadvalning uchinchi pog‘onasida bormoqda.
Hamyurtimiz Sabina Sharipova ikki pog‘ona yuqorilab 177 o‘rindan joy oldi. Jadvalning kuchli o‘ntaligida o‘zgarish bo‘lmadi.
Reyting WTA. 25 dekabr 2017 yil:
1. (1) Simona Xalep (Ruminiya) - 6175 ochko
2. (2) Garbin Mugurusa (Ispaniya)- 6135
3. (3) Karolin Voznyatski (Daniya) - 6015
4. (4) Karolina Plishkova (Chexiya) - 5730
5. (5) Vinus Uilyams (AQSh) - 5597
6. (6) Elina Svitolina (Ukraina) - 5500
7. (7) Elena Ostapenko (Latviya) - 5010
8. (8) Karolin Garsiya (Frantsiya) - 4385
9. (9) Yoxanna Konta (Buyukbritaniya) - 3610
10. (10) Koko Vandevege (AQSh) - 3258
Fikrlar