
Sabina Sharipova yuksak marralarga intilmoqda
Ayollar tennis uyushmasi - WTA tennischilarning 2017 yildagi dastlabki reyting jadvalini e’lon qildi.
Jahon reytingiga kiritilgan hamyurtlarimizdan Sabina Sharipova yangi mavsumda kuchli yuzlikka kirish uchun harakat qiladi. Ayni paytda iste’dodli tennischisiz bir pog‘ona yuqorilab, reyting jadvalining 148-qatoridan joy oldi.
Shuningdek, Nigina Abduraimova ham reytingdagi mavqeini yaxshilab olish imkoniga ega. o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazgan tennischimiz hozircha 165-pog‘onada qayd etilgan va bo‘lajak musobaqalarga tayyorlanmoqda.
O‘z vaqtida eng kuchli ellik nafar tennischidan biri bo‘lgan Oqgul Omonmurodova jarohatlari tufayli anchadan buyon muvaffaqiyatli o‘ynay olmayapti. Shunday bo‘lsa-da, tajribali sportchimiz ikki pog‘ona yuqorilab, 384-o‘rinda qayd etildi.
Fikrlar