Sabinaning Germaniyada yana omadi chopmadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Sabina Sharipova Germaniyaning Vermshold shahrida davom etayotgan “Reinert Open” turniridagi yurishini yakunladi.

Sabina bugun sovrin jamg‘armasi 60 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning chorak finalida chexiyalik Anastasiya Zaritsaga qarshi kortga chiqdi.

Sharipova ilk setni 6:4 hisobida o‘z foydasiga xal etgan bo‘lsada, chexiyalik tennischi 2 soat 16 daqiqa davom etgan uchrashuvning qolgan ikki  setida 6:4, 6:2  hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Sabina Germaniyada o‘tgan qatorasiga ikkinchi turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Bundan oldin, Sharipova Darmshtadtda o‘tgan turnirni ilk bosqichidayoq mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!