Asosiy mazmunga oʻtish

Saka "Real"ga qarshi muhim bahs oldidan tayyor bo‘ladimi? Arteta javob berib o‘tdi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Futbolchining holati haqida to‘liq javob berildi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Bukayo Sakaning safga qaytgani va qachon o‘yinlarga qo‘shilishi mumkinligi haqida batafsil gapirdi. 
  
"Saka o‘yin uchun tayyor! U allaqachon "Fulxem"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, ha... buni ertaga ko‘ramiz. 
 
U allaqachon barcha ehtiyot choralarini ko‘rdi. Endi uni maydonga tushirish uchun eng to‘g‘ri paytni tanlash muhim. U o‘ynashni juda xohlayapti" - dedi ispaniyalik mutaxassis.  
 
"To‘pchilar" 1 aprel kuni "Fulxem"ga 5 aprel kuni esa "Everton"ga qarshi maydonga tushishsa, UEFA Chempionlar ligasining chorak final bosqichida Madridning "Real" klubi bilan kuch sinashishadi. Ushbu bellashuv esa 8 apreldan 9 aprelga o‘tar kechasi soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q