Saliba JCH-2026 startini o‘tkazib yuborishi mumkin
Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Vilyam Saliba tabiati aniqlanmagan kichik jarohati tufayli 2026 yildgi jahon chempionati boshlanishini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqida Footmercato xabar berdi.
Jarohat 29 may, shanba kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi finalidan keyin kuchaygan. Unda Londonning "Arsenal" klubi Frantsiyaning PSJ jamoasiga 1:1 (3:4 pen.) hisobida imkoniyatni boy berdi. "Arsenal" safida o‘ynayotgan Saliba o‘yning to‘liq 120 daqiqasini o‘ynadi, natijada uning ahvoli og‘irlashdi.
Fransuz bir necha hafta, jumladan 2026 yildgi jahon chempionati boshlanishini o‘tkazib yuborishi mumkin. Unda Frantsiya terma jamoasi guruh bosqichi doirasida Senegal (16 iyun), Iroq (23 iyun) va Norvegiya (26 iyun) bilan kuch sinashadi.

Fikrlar