Saloh 2020 yildagi eng yaxshi arab futbolchisi, deb topildi

  • 18.01.2021 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" forvardi Muhammad Saloh Goal nashri talqiniga ko‘ra, 2020 yildagi eng yaxshi arab futbolchisi, deb topildi.

Goal nashrining markaziy va shimoliy Afrikadagi muxbirlari tomonidan eng ko‘p ovoz oldi. Bu borada kuchli uchlikka "Manchester Siti" xavbeki Riyad Maxrez va "Inter" himoyachisi Ashraf Xakimi kirdi.

Quyida 2020 yilning “Top-10” arab futbolchisi bilan tanishib olishingiz mumkin:

1. Muhammad Saloh (Misr, "Liverpul")
2. Riyad Maxrez (Jazoir, "Manchester Siti")
3. Ashraf Xakimi (Marokash, "Inter")
4. Yassin Bono (Marokash, "Sevilya")
5. Ismael Bennaser (Jazoir, "Milan")
6. Rami Bensebaini (Jazoir, "Borussiya" Myunxengladbax)
7. Maxmud Trezege (Misr, "Aston Villa")
8. Xakim Ziesh (Marokash, "Chelsi")
9. Abderrazak Xamdalla (Marokash, "Al-Nasr")
10. Alissa Mandi (Jazoir, "Betis").

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!