Saloh "Bavariya"ga o‘tgan Mane haqida gapirdi
"Liverpul" yulduzi Muhammad Saloh senegallik jamoadoshi Sadio Manening ketishi haqida fikr bildirdi. Afrikalik hujumchi faoliyatini "Bavariya"da davom ettiradigan bo‘ldi.
“Bu ajoyib safar bo‘ldi. Birga o‘tgan zo‘r davrlar uchun tashakkur. Senga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Biz seni sog‘inamiz”, - deb yozdi misrlik futbolchi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Sadio Mane 2016 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
30 yoshli futbolchi 32 million evro evaziga "Bavariya"ga o‘tdi. Tomonlar uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolashdi.
Fikrlar