Saloh bugun "Liverpul"ga yordam berishi mumkin

  • 12 may, 2019, 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bugun APLning 38-turida "Vulverxempton"ga qarshi bahsda misrlik to‘purar Muhammad Salohning ishtirok etishi mumkinligi borasida gapirib o‘tdi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, Saloh "Nyukasl"ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan premer-liganing 37-turida jarohat olgan va shu bois “Barselona”ga (4:0) qarshi EChL yarim final javob o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.

“Muhammad Saloh so‘nggi ikki kundan buyon jamoa mashg‘ulotlarida qatnashmoqda va o‘zini yaxshi his qilmoqda”, - deydi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Saloh ayni damda 22ta gol bilan premer-liga to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. "Liverpul" - "Vulverxempton" bahsi Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!