
Saloh "Liverpul"dan ketadimi?
"Liverpul" a’zosi Muhammad Saloh klubdagi kelajagi haqida fikr bildirdi. Futbolchining aytishicha, u klubda qolishni niyat qilgan.
"Men "Liverpul"da qolishni istayman. Biroq bu mening qo‘limda emas. Bu kabi ishlarni rahbariyat hal qiladi.
Ular mening nima hoxlayotganimni yaxshi biladi. Menimcha, klubdan aqlbovar qilmas narsa so‘ramayapman", - dedi Saloh.
Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar huchumchisi ayni paytda Misr terma jamoasi bilan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etmoqda.
Muhammad Saloh ushbu mavsum APLda 20 o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol va 9 assist qayd etgan.
Fikrlar