Saloҳ oʻziga ishonchni yoʻqotdi va “Liverpool”dan ketadi

  • 22.03.2026 11:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul”ning keyingi yillardagi yaqqol yetakchisi Muhammad Saloҳning kelayotgan yozda klubni tark etish ehtimol tobora oshib bormoqda.

Bu haqida talkSPORT jurnalisti Pol Smit ma'lum qildi.

- Saloҳda o‘z-o‘ziga ishonch bilan bog‘liq muammolar bor, va bunday holatda futbolchiga barcha tanqidni yuklash to‘g‘ri emas. U doimo, hatto jamoasi yomon o‘ynaganiда ham ajoyib gol ura oladigan futbolchi bo‘lgan, bu uning tabiatida bor.

Menimcha, har qanday sportda muayyan bosqich yakunlanganda, buni ko‘rsatuvchi belgilar paydo bo‘ladi. Biz hozir aynan shunday holatni ko‘ryapmiz.

Anik ayta olamanki, bu yakun, lekin uning yoshidagi futbolchilar uchun bu normal holat, ayniqsa u klub uchun so‘nggi olti-yetti yilda qilgan ishlarini hisobga olsak. Saloҳ ajoyib o‘yinchi bo‘ldi va agar bu uning “Liverpul”dagi tarixi yakunlansa, biz u hali shu yerdaligida shu davrdan zavq olishimiz kerak, - dedi Pol Smit.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!