Saloh "Tottenxem'ni Evropa ligasidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

  • 22 may, 17:30
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning yulduz hujumchisi Mohamed Saloh UEFA Evropa ligasi finalidagi "Tottenxem"ning g‘alabasiga munosabat bildirdi. Anje Postekoglu shogirdlari hal qiluvchi o‘yinda "Manchester Yunayted"ni 1:0 hisobida mag‘lub etishdi.

Tecno

"Postekoglu ikkinchi mavsumda g‘alaba qozonaman degandi. Tabriklayman" – deb yozdi misrlik futbolchi o‘z ijtimoiy tarmoqlarida.

Bu yutuq tufayli londonliklar kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. APLda esa "shporlar" sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi va so‘nggi tur arafasida 17-o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!