Saloh uchun 100 million evro beramiz

  • 08.12.2025 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot va jamoa etakchisi Muhammad Saloh o‘rtasidagi munosabat buzilgani oshkor bo‘lganidan keyin Saudiya Arabistoni klubilari misrlik hujumchi uchun kurashni boshlab yubordi.

Caught Offside nashrining yozishicha, “Al-Ittihod” va “Al-Hilol” yanvar oyidayoq bu transferni rasmiylashtirishga tayyor. Shayxlar 33 yoshli to‘purarni o‘z jamoasiga olib ketish maqsadida mersisaydliklarga 100 million evrogacha badal puli taklif qilmoqchi.

Muhammad Salohga Evropadan ham, MLS klublaridan ham chorlov bo‘lyapti. Biroq ularning hech biri iqtisodiy imkoniyatlar borasida Saudiya Arabistoni vakillari bilan raqobatlasha olmaydi.

Joriy mavsumda Saloh  barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!