
Saloh yo‘qligida uning pozitsiyada kim o‘ynashi mumkin? Karrager fikr bildirdi
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Salohning rolini bajarishi mumkin bo‘lgan futbolchilar nomini aytdi.
Odatda hujumning o‘ng qanotida harakat qiladigan misrlik o‘z mamlakati safida Afrika Millatlar Kubogiga yo‘l oladi va jamoasiga bir qator uchrashuvlarda yordam bera olmaydi.
“Bu pozitsiyani kim egallashini ko‘rish juda qiziq bo‘ladi. "Liverpul"ning ko‘p hujumkor o‘yinchilari o‘ng oyoqli. Ular chap qanotda yaxshi harakat qiladi. Diogu Jota, Darvin Nunes va Kodi Gakpo buni uddalay oladi, ammo ularning hech birida o‘ngda o‘ynash uchun zarur bo‘lgan muvozanat yo‘qdek.
Harvi Elliott yaxshi variant. Menimcha, u yarim himoyaga ko‘proq mos keladi. Hujum uchligida harakat qilishi uchun unda etarlicha tezlik yo‘q.
Soboslai ham bor. "Liverpul" endi Aleksis Mak Allisterning qaytishi bilan yarim himoyada ko‘plab imkoniyatlarga ega va Soboslai mazkur pozitsiyada o‘ynab berishi mumkin.
Ammo Muhammad Salohning o‘rni bo‘lak. Bu juda qiyin bo‘ladi”, - dedi Jeymi Karrager "Sky Sports" nashriga.
Fikrlar