Saloh yubiley golini urdi
Kecha Angliya premer-ligasining 37-turida “Nyukasl” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu kuni mersisaydliklarga g‘alaba keltirgan gollarning biriga hujumchi Muhammad Saloh mualliflik qildi. E’tiborlisi, bu 26 yoshli misrlik futbolchining Evropa milliy chempionatlarida urgan yubiley 100-goli bo‘ldi.
Saloh ushbu gollarning 9 tasini “Bazel” safida Shveytsariya chempionatida, 35 tasini “Roma” va “Fiorentina” safida Italiya A Seriyada, yana 56 tasini esa “Liverpul” va “Chelsi” safida APLda kiritgan.

Fikrlar