Salohga “dahshatli” taklif tushdi
Bu haqda Indykaila News nashri o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.
Saudiya Arabistonining nomi sir tutilayotgan klubi “Liverpul”da rahbariyat bilan kelisha olmay qolgan Muhammad Salohga haftasiga 2,5 million funt sterling (yiliga 120 million funt) maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qildi.
Muhammad Saloh klub rahbariyati va bosh murabbiy Arne Slotni ochiqcha tanqid qilganidan keyin jazoga tortilib, Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Inter”ga qarshi o‘yin qaydnomasidan chiqarib tashlangan edi.
Shunan so‘ng misrlik futbolchining klubdagi kelajagi xavf ostida qolmoqda. Garchi Arne Slot Muhammad Saloh bilan alohida suhbatlashib olganidan keyin uni tarkibga qaytargan bo‘lsa-da, o‘rtadagi ziddiyat to‘liq bartaraf etilmadi.
33 yoshli Muhammad Saloh 2017 yilning yozidan beri mersisaydliklar safida to‘p surib kelmoqda. Jamoa etakchisining “Liverpul” Angliya Premer-ligasi, Evropa Chempionlar ligasi, ichki kuboklar, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqishida hissa katta.
Ushbu mavsumda misrlik futbolchi klub darajasida 19 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar