Saloҳga o‘rinbosar Italiyadan topildi

  • 03.04.2026 06:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum oxirda so‘nggi yillardagi eng zo‘r to‘purari Muhammad Saloҳ bilan xayrlashishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Liverpul” misrlik hujumchi o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan yana bir nomzodni belgiladi.

Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, mersisaydliklar short-listiga “Yuventus” vingeri Fransishku Konseyсau kiritilgan. 23 yoshli portugaliyalik futbolchi jamoa yetakchisi ketgan taqdirda ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy Seriya A mavsumida Konseyсau oltita golli harakat (gol va assist) bilan ajralib turdi. O‘yinchi o‘tgan yozda “Portu”dan “Yuventus”ga 32 million yevro evaziga o‘tgan va turinliklar bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolagan.

Xabar qilinishicha, “Yuventus” hozircha futbolchini sotishdan manfaatdor emas, ammo 25 million yevrоdan  yuqori taklif klubni muzokaralarga kirishishga majbur qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!