Salohning bu ishi ko‘pchilikka yoqmadi

  • 12 yanvar, 2022, 16:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afrika kubogi guruh bosqichining dastlabki bahsida “Liverpul” hujumchisi hisoblangan Muhammad Saloh boshchiligidagi Misr terma jamoasi Nigeriya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin "fir’avnlar"ning 0:1 hisobidagi minimal mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Tecno

O‘yin tugaganidan so‘ng raqib murabbiylar shtabi vakillaridan biri selfiga tushish uchun Muhammadning oldiga yugurdi. Saloh o‘yindagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, nigeriyalik mutaxassis bilan suratga tushishga rozi bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Match TV” Telegram kanali.

Salohning bu harakati ko‘pchilikka yoqmadi. Muxlislarning fikricha, Saloh muvaffaqiyatsiz o‘yindan keyin bunday qilmasligi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!