Asosiy mazmunga oʻtish

Salohning o‘rnini ashaddiy raqib hujumchisi egalaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kutilmagan transfer

Muҳammad Saloҳ ketishiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Liverpul” misrlik to‘purarga o‘rinbosarni Mersisaydning ikkinchi klubi – “Everton” safidan topdi.

“Qizillar” 26 yoshli futbolchi jamoa o‘yin uslubiga mos ekaniga va Muҳamad Saloҳning o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda.

Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Ndiayeni sotib olish uchun “Liverpul” Premyer-liganing yana bir vakili “Manchester Yunayted” bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Manchesterliklar senegallik futbolchini klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Joshua Zirkzee o‘rniga variant sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Ndiaye 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali  ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining qiymati 50 million yevro.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q