Salohning vaziyatiga oydinlik kiritildi

  • 25.03.2026 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Muḥammad Saloḥning joriy mavsum yakunlanishi bilan “Liverpul”dan ketishi keng muhokama qilinayotgan bir pallada misrlik futbolchi kelajagi boʻyicha hali bir qarorga kelmagani maʼlum boʻldi.

The Daily Mail nashri maʼlumotiga koʻra, 33 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistoni Pro-ligasi klublari tomonidan qiziqish saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, kelasi yoz “Liverpul” uchun uning shartnomasi 2027 yil iyulida tugashidan oldin kompensatsiya olish uchun soʻnggi imkoniyat boʻlishi mumkin.

Saloḥni bir necha mavsumdan beri Saudiya Arabistoniga koʻchib oʻtish bilan bogʻlashmoqda, ammo u hali oʻz kelajagi boʻyicha yakuniy qaror qabul qilmagan.

Bundan tashqari, Yaqin Sharq klublari nafaqat futbolchilarga, balki mutaxassislarga ham qiziqish bildirmoqda. Xabar qilinishicha, “Al-Ḥilol” mutasaddilari “Liverpul” sport direktori Riçard Hyuzni ham ishga taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!