
Samarqandda stol tennisi bo‘yicha katta seminar o‘tkaziladi
19-21 noyabr kunlari Samarqand shahrida stol tennisi bo‘yicha ayol murabbiylar va hakamlar uchun o‘quv-metodik seminar bo‘lib o‘tadi. “Sportda ayollar eng ustuvordir” shiori ostida o‘tkaziladigan ushbu seminar O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Seminarda quyidagi mavzulari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi:
– “Yosh o‘yinchalarni tayyorlash usullari, boshlang‘ich bosqichda o‘yinchilarni saralab olish va ularni o‘qitish”.
– “Psixologlar va dietologlar tavsiyalari”.
– “Zamonaviy bosqichda hakamlik uchun xatoliklar va asosiy talablar”.
– “Murabbiylar va hamkamlar uchun amaliy mashg‘ulotlar va mahorat darslari. Kutilayotgan natijalar”.
– “Respublika stol tennisida mehnat qilayotgan ayol murabbiylar va hakamlarni hisobga olish va monitoring qilish”.
– “Sportda stol tennisi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan ayollar ishtirokini belgilash”.
– “Seminar ishtirokchilarini mashg‘ulotlar uslubining zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirish”.
– “Boshlang‘ich bosqichda yosh sportchilarning qobiliyatlarini aniqlash bo‘yicha psixologiya sohasida xabardor qilish”.
– “Olingan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali murabbiylar va hakamlarning malakasini oshirish”
Fikrlar