
Samarqandda super muaytay kechasi o‘tkaziladi. Markaziy jang WBC Muaythai chempionlik kamari uchun bo‘ladi
Xabaringiz bor, yurtimizda U1 promousheni tashkil etilgan. Mazkur promoushenda MMA bilan bir qatorda professional muaytay, kikboksing kabi yo‘nlishlarda ham jang kechalari tashkil qilinadi.
Jumladan, joriy yilning 17 oktyabr kuni Samarqand shahrida U1 doirasida professional muaytay kechasi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu oqshomda yurtimizning eng kuchli professional muytay ustalari, Mavlonbek Qahhorov, Mansurbek Tolipov, Naimjon To‘htaboev, Jahongir Muhammadi, Shohruh Xolmurodov, Bobur Tagiev hamda Mavlud Tifiev o‘z janglarini o‘tkazadi.
Ta’bir joiz bo‘lsa, yuqoridagi sanab o‘tilganlardan Mavlonbek Qahhorov hamda Shohruh Xolmurodovdan tashqari barchasi WBC Muaythai reytingidan o‘rin olgan. Eng asosiysi esa ushbu kechaning markaziy jangi aynan, WBC Muaythai chempionlik kamari uchun bo‘ladi.
Hozircha ushbu titul uchun kimlar ringga ko‘tarilishi haqida ma’lumotga ega emasmiz. Biroq, tez orada bunga ham oydinlik kiritamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar