
Sambo terma jamoamiz jahon chempionatida ishtirok etmoqda
8-10 noyabr kuni Janubiy Koreyaning Chxondju shahrida sambo bo‘yicha erkaklar va ayollar hamda jangovar yo‘nalishida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Delegatsiyamiz 6 noyabr kuni Janubiy Koreyaga uchib ketishdi.
Mazkur chempionat avvalida Xalqaro sambo federatsiyasining 31-kongressi ham bo‘lib o‘tdi. Unda muhim qarorlar qabul qilindi. Qolaversa, mavjud muammolar bartaraf etildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar