Samvel Babayan qo‘l ostida "Lokomotiv"ning natijalari

  • 15 sentabr, 2019, 21:50
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Samvel Babayan "Lokomotiv"ni shu yilning 22 iyun kuni qabul qilib olgan edi. Mutaxassis jamoani 10 ta rasmiy uchrashuvda boshqardi. Natijalar "Loko" kabi jamoa uchun ko‘ngildagidek emas.

Tecno

Toshkentliklar ushbu uchrashuvlarda raqiblar darvozasiga 10 ta gol urishga erishdi va 13 bor o‘z darvozalaridan to‘p olib chiqishdi.

Babayan shogirdlari 4 ta uchrashuvni mezbon sifatida va yana 6 ta bahsni esa mehmon sifatida o‘tkazishdi.

Superliganing 7 ta bellashuvida, O‘zbekiston Kubogini 1 ta va Liga Kubogining 2 ta bahsida "Lokomotiv"ni maydonga boshlab tushgan Babayanning debyut uchrashuvi 29 iyunga to‘g‘ri keladi. Shuni kuni toshkentliklar o‘z maydonlarida "So‘g‘diyona"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchishgan.

Shundan keyin, Liga Kubogi musobaqasining guruh bosqich o‘yinlari davom ettirildi va "Loko" "Qo‘qon-1912"ga yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lishsa, "Paxtakor"ga 1:2 hisobida yutqazib, musobaqani erta tark etishdi.

26 iyulda Superliganing navbatdagi turini "Loko" yana "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘tkazgan va 1:0 hisobi bilan yutqazib qo‘yishgan.

4 kundan so‘ng, "Dinamo" Toshkentda mehmon bo‘ldi va bu safar "temiryo‘lchilar" 2:0 ko‘rinishidagi hisob bilan g‘alaba qozonishdi.

O‘zbekiston Kubogi doirasida Toshkent klubi "Surxon" mehmoni bo‘ldi va 3:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, O‘zbekiston Kubogidagi yurishini ham erta yakunladi.

10 avgust kuni jamoa yana "Surxon"ga safar qilib, 1:1 hisobida durang natija qayd etib keldi.

Oradan 1 hafta o‘tgach, "Nasaf" Toshkentga tashrif buyurdi va imkoniyatni boy berdi. Qarshiliklarni "Lokomotiv" kichik 1:0 hisobida engdi.
Yoz faslining so‘nggi kunlari, 26 avgustda Toshkent derbisiga guvoh bo‘ldik. Ushbu derbida "Bunyodkor" va Babayan shogirdlari o‘zaro kuch sinashdi va bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Kuz faslidagi ilk o‘yin 15 sentyabrga to‘g‘ri keldi va "temiryo‘lchilar" Bekobodning "Metallurg" (1:1) jamoasini qabul qilishdi. Bahsda tomonlar durangga imzo chekishdi.

Ko‘rib turganingizdek, Babayan shogirdlari o‘tkazilgan 10 ta bellashuvning bor-yo‘g‘i 3 tasida g‘alaba qozona olishdi. Bu "Loko" kabi jamoa uchun yarashmaydigan natija hisoblanadi. Klub yana 3 ta bahsda durang o‘ynagan bo‘lsa, qolgan 4 ta o‘yinda imkoniyatni boy bergan.

Toshkentliklar O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogini tark etib ulgurishgan va Superligada ikkinchi pog‘onadan joy olib turishibdi.

Babayan boshchiligida "Lokomotiv"ning o‘yinlari:

29/06/2019. "Lokomotiv" 2 : 0 "So‘g‘diyona"

26/07/2019. "So‘g‘diyona" 1:0 "Lokomotiv"

30/07/2019. "Lokomotiv" 2:0 "Dinamo"

10/08/2019. "Surxon" 1:1 "Lokomotiv"

17/08/2019. "Lokomotiv" 1:0 "Nasaf"

26/08/2019. "Bunyodkor" 1:1 "Lokomotiv"

15/09/2019. "Lokomotiv" 1:1 "Metallurg"

O‘zbekiston Kubogi

04/08/2019. "Surxon" 3:1 "Lokomotiv"

Liga Kubogi

03/07/2019 "Qo‘qon-1912" 4:0 "Lokomotiv"

07/07/2019 "Paxtakor" 2:1 "Lokomotiv"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
16/09/2019 23:46
Раарангини кара соовуклигини уккккууххх
Расулжон Тоштемиров
16/09/2019 00:17
Афсус Федоров кадрига етиш керак эди