Sancho Bundesligada 15 ta gol urgan tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi

  • 24.08.2019 09:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Bundesliganing 2-turida "Borussiya" Dortmund safarda "Kyoln" (3:1) ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvdagi gollarning biriga angliyalik vinger Jeydon Sancho mualliflik qildi. E’tiborlisi, 19 yoshli Sancho shu tariqa Bundesligada 15 ta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Sancho “Borussiya” Dortmund safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!