Sancho MYuga o‘tmaydi!
“Borussiya” Dortmund vingeri Jeydon Sancho mavsum yakunlangach “Manchester Yunayted”ga o‘tishni xohlamayapti.
The Independent nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 19 yoshli angliyalik futbolchi “qizil iblislar”ning EChL yo‘llanmasidan quruq qolishgani uchun ularning taklifini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Sancho uchun dortmundliklarga naqd 114 mln evro to‘lashga tayyor ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ta’kidlash kerakki, unga hozirda "Real", PSJ va "Barselona" kabi grandlar ham qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushdi va 12ta gol urishga erishdi.
Fikrlar