Sancho "Roma" taklifini shaxsiy sabablarga ko‘ra rad etdi

  • 27.08.2025 17:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Yaqinda "Manchester Yunayted" hujumchisi Jeydon Sancho "Roma" safiga o‘tishdan bosh tortdi.

"La Gazzetta dello Sport" tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, rimliklar futbolchiga yiliga 6 million evro maosh taklif qilgan. Shuningdek, agentga to‘lanadigan komissiya summasi ham kelishilgan, transfer esa 23 million evro atrofida baholangan.

Biroq, angliyalik futbolchi bu imkoniyatdan voz kechdi. Manbalarning aytishicha, Sancho bu qarorni amerikalik rep ijrochisi Saweetie bilan bo‘lgan munosabatlari tufayli qabul qilgan. Ta’kidlanishicha, u so‘nggi oylarda kamida oyiga uch marta AQShga, Saweetie chiqish qilayotgan turli shaharlarga borib kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning yaqin munosabati 2024 yil dekabridan boshlangan. Shu bois, Sancho Evropadagi faoliyatini davom ettirmasdan, AQShga ko‘chib o‘tish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!