
Sanchoning alternativi MYuga 100 million evroga tushadi
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish kelasi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin.
The Telegraph nashri xabariga ko‘ra, villaliklar jamoa sardorini 100 million evroga sotib yuborishga tayyor. O‘tgan mavsum yakunida klub uni 70 million evroga qo‘yib yubormoqchi bo‘lgan edi, lekin bironta klub 25 yoshli yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmadi va klub u bilan yangi besh yillik kelishuv imzoladi.
Grilish uchun ayni damda "Manchester Yunayted" da’vogarlik qilmoqda. Klub uni Sanchoning alternativi sifatida ko‘rmoqda, biroq o‘tgan mavsum klub "Borussiya Dortmund"ning Sancho bo‘yicha 120 million evroli talabini qondirmagan edi.
Premer liga bahslarida Grilish mavsumda 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar