“Sanderlend” ikkinchi bor “Manchester Siti”ni uyalitirib qo‘ydi

  • 02.01.2026 14:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasi chempionligi uchun kurashayotgan “Manchester Siti” chempionatning 19-turida “Sanderlend” maydonida qimmatli ikki ochkoni yo‘qotdi.

Qizgin o‘tgan to‘qnashuvda tomonlar bir birining darvozasiga yo‘l topa olmadi va o‘yin durang bilan yakunlandi – 0:0.

“Sanderlend”ga qarshi o‘yin Xosep Gvardiola shogirdlarining bir necha rekordlarini to‘xtatdi. Xususan, “shaharliklar” 2012 yildan beri ilk bor yangi yilni g‘alabasiz boshladi.

Statistika mutaxassislarining ta’kidlashicha, 2013 yildan buyon har bir yangi yildagi birinchi uchrashuvni “Manchester Siti” doim g‘alaba bilan boshlab kelgan edi. Bu gal ajoyib an’ana to‘xtadi.

Qiziqi shundaki, so‘nggi marta “Siti” yangi yildagi ilk o‘yinda g‘alaba qozona olmagan holat 2012 yili yanvarda kuzatilgan edi. O‘shanda ham aynan “Sanderlend” manchesterliklarni 1:0 hisobida taslim qilgandi.

Shu tariqa, Angliya chempionatlarida turli ligalarga chiqib-tushib yuradigan “Sanderlend” manchesterliklar uchun eng noqulay raqibga aylanib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!