Sandro Tonali yozda "Nyukasl"ni tark etishi mumkin
"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali joriy mavsum yakunlangandan so‘ng jamoasini almashtirishi mumkin.
25 yoshli futbolchi Italiyaga qaytishni istamoqda, ammo hozircha unga asosiy da’vogarlar Angliya Premier-ligasi klublari bo‘lib turibdi.
Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, Londonning "Arsenal" klubi agar Tonali "Nyukasl"ni tark etishga yakuniy qaror qilsa, yozgi transfer oynasida uni sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqadi. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham italyalik futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Transfermarkt portali Sandro Tonalining taxminiy bozor qiymatini 75 million yevro deb baholagan. Futbolchi Angliyaga ko‘chib o‘tishidan avval Italiyada "Milan" sharafini himoya qilgan.
Fikrlar